Vizitkadan qadoqqacha, Instagramdan bannergacha brendingiz bir xil va ishonarli ko'rinadi. Avval ehtiyojingizni aniqlaymiz, keyin bitta ishlaydigan vizual tizim quramiz.

































Har joyda bir xil taniladigan brend. Logotipdan qadoqqacha — bitta tizim.
Logotip, firma uslubi, brendbuk va qadoq. Kerakli xizmatlarni tanlaymiz; neyming va tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish alohida qo‘shilishi mumkin.
Nomingizni boshqa birov ro‘yxatdan o‘tkazib qo‘ymasidan oldin patent narxini 30 soniyada bilib oling.
Logotip, firma uslubi va qadoq bo‘yicha tanlangan ishlar. Xizmat turiga qarab ko‘ring; barcha loyihalar portfolio sahifasida.
Mijozlarimizning brendi: biz bilan ishlashdan oldin va keyin.


Har bir gap real biznes egasidan, real loyiha haqida. Yolg'on yoki bo'rttirma yo'q — tekshirishingiz mumkin.
Bu jamoa bilan ishlaganimdan juda xursandman. Tez va kutilganidan ham a'lo darajada natija oldim. O'zim ham brending, ham stiker, ham patentlash bo'yicha buyurtma qoldirgandim. 7 oydan so'ng hammasi tayyor bo'ladi Xudo xohlasa. Halol ishlaysizlar, Alloh rozi bo'lsin. Juda xursandman, ishlaringizda zafarlar tilab qolaman. Rahmat.
Kutganimdan ham yaxshiroq bo'lib chiqibdi. Hozir logotipga qarab o'zim maza qilyapman. Menga yoqqan tarafi - ishonchli. Vaqtidan ertaroq qilib berganliklari ham juda yaxshi bo'ldi. Natijalarni tezroq ulashganlari a'lo. Katta rahmat aka!
Jon Branding jamoasiga rahmat, baraka topinglar! Dizayn judayam kuchli o'ylangan. Variantlar berganingizda qaysi birini tanlashni bilmay qoldik, hammasi ajoyib. Jamoamiz bilan karamel rangini tanladik. Hozir biznes tanishlarim so'rayapti, barchasiga sizlarni tavsiya beryapman!
3 yil oldin shu brendning logosini sizlar ishlab bergandingiz. Ajoyib chiqqan, rostdan hamma maqtayapti. Rahmat katta, Baxtiyor aka.
Neyming, logotip va vizual aydentika — ketma-ketlik va natija. 3 daqiqalik video.
Video ochilmasa ham, barcha bosqichlar quyida matn ko'rinishida berilgan.
Jarayonni matnda ko'rish →Hajm, muddat va topshiriladigan materiallar shartnomada kelishiladi.
Yangi biznes bo‘lsa, g‘oya va maqsaddan boshlaymiz. Mavjud brend bo‘lsa, hozirgi materiallarni ko‘rib chiqamiz. Kerakli xizmatlar va ish hajmini kelishamiz.
Kelishilgan vazifa va xizmat tarkibi.
Konsepsiyalarni taqdim etamiz va nima uchun shunday yechim taklif qilganimizni tushuntiramiz. Tanlangan yo‘nalishni siz tasdiqlaysiz.
Tanlangan va tasdiqlangan dizayn yo‘nalishi.
Shartnomadagi hajmga qarab logotip, ranglar, shriftlar, qadoq va boshqa materiallarni ishlab chiqamiz. Keyingi bosqichga tasdiqdan so‘ng o‘tamiz.
Kelishilgan dizaynlar va qo‘llash qoidalari.
Kelishilgan formatdagi fayllarni topshiramiz. Brendbuk yoki bosmaga tayyor qadoq fayllari tanlangan xizmat tarkibiga qarab beriladi.
Jamoangiz va ijrochilaringiz ishlatadigan tayyor fayllar.

Salom! Men Baxtiyorjon, Jon.Branding asoschisiman. Biz biznes egalariga nom, logotip, aydentika, qadoq va brandbook orqali xaridor tezroq tushunadigan, eslab qoladigan va ishonch bilan tanlaydigan brend tizimini qurishga yordam beramiz.
Savolingiz qolsa, jamoamiz bilan muhokama qiling.
Ha. Yangi biznes uchun nom, logotip va firma uslubi; mavjud biznes uchun esa kerakli yangilanishni kelishamiz. Barcha xizmatni birdan olish shart emas.
Logotip — belgi. Firma uslubi — ranglar, shriftlar va grafik elementlarning turli materiallarda bir xil ishlashi. Tarkib tanlangan xizmatga bog‘liq.
20 daqiqalik suhbatda ehtiyojingizni muhokama qilamiz va mos xizmatni tanlashga yordam beramiz. Bu batafsil audit, daromad hisobi yoki tayyor dizayn emas. Buyurtma qilish majburiyati yo‘q.
Xizmatlar va paketlar narxlar sahifasida ko‘rsatilgan. Yakuniy hajm, muddat va fayllar shartnomada yoziladi. Patent guvohnomasi muddati dizayn ishlaridan alohida.
Avval uchta konsepsiyadan yo‘nalish tanlaysiz. Tanlangan yo‘nalishni kelishilgan tahrirlar bilan sayqallaymiz. Siz tasdiqlamaguningizcha keyingi bosqich boshlanmaydi.
50% shartnoma imzolanganda, 50% loyiha topshirilganda. Kelishilgan manba fayllari va qo‘llash qoidalari sizga beriladi. Majburiyatlar shartnomada belgilanadi.
Qaysi xizmat kerakligini suhbatda aniqlaymiz. Ish boshlanishidan oldin hajm, narx va muddatni kelishamiz.