Jon Branding Agency

Brend-strategiya

Biznesingizning bozordagi o'rnini aniqlaydigan va uzoq muddatli o'sishni ta'minlaydigan asosiy vosita.

Strategiya — o'sish va daromadning poydevori

Ko'p tadbirkorlar shunchaki chiroyli logotip yoki sayt yaratib, muvaffaqiyatga erishamiz deb o'ylashadi. Aslida, bozorda ajralib turish uchun chuqur strategiya kerak.

Biz brendingizni bozor tahlili, raqobat tadqiqoti va maqsadli auditoriya xaritalash asosida quramiz. Bu sizga nafaqat tanilish, balki haqiqiy sotuvlar beradi.

Har bir qaror ma'lumotlarga va biznes maqsadlaringizga asoslanadi.

Business growth strategy chart

Brend strategiyasi nimalar qamradi?

Brend strategiyasi — bu brendingizning kim ekanligi, nima uchun mavjudligi va qanday gapirishi haqidagi aniq hujjat.

Pozitsiyalash: Bozorda qayerda turasiz va nima uchun mijozlar sizni tanlashi kerak.

Kommunikatsiya: Brendingiz ovozi, toni va xabarlarining yagona tizimi.

Natijada siz aniq yo'nalishga ega bo'lgan va har bir qarorni osongina qabul qiladigan brendga ega bo'lasiz.

Startup team brainstorming brand strategy

Bizning ish jarayonimiz

Har bir qadamda siz bilan birgamiz va natijaga kafolat beramiz.

01

Discovery (Tadqiqot)

Biznesingiz, raqobatchilar va bozorni chuqur o'rganamiz.

02

Maqsadli auditoriya

Ideal mijozingizning portretini yaratamiz va ularning ehtiyojlarini aniqlaymiz.

03

Pozitsiyalash

Brendingizning bozordagi noyob o'rnini belgilaymiz.

04

Hujjatlashtirish

Barcha strategik qarorlarni aniq va amaliy hujjat sifatida tayyorlaymiz.

05

Tatbiq etish

Strategiyani amalda qo'llash bo'yicha qo'llanma va qo'llab-quvvatlash.

Nega aynan biz?

Biz shunchaki va'da bermaymiz. Biz tizimli yondashuv orqali biznesingiz uchun qiymat yaratamiz.

Strategik yondashuv

Biz shunchaki chiroyli rasm chizmaymiz. Har bir element sotuvlarni oshirishga va brendni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Shaffof jarayon

Brif → Tahlil → Strategiya → Dizayn. Har bir bosqich siz bilan kelishiladi va jarayonni to'liq nazorat qilasiz.

Natija va Sadoqat

50 dan ortiq loyihalar va eng muhimi — 90% mijozlarimiz bizni tanishlariga tavsiya qilishadi.

Yondashuvimiz yoqdimi?

Keling, brendingizni bepul tahlil qilib, uning kuchli va zaif tomonlarini aniqlaymiz. Bu majburiyat yuklamaydi.

Xizmatlarimiz

Neyming

Brend uchun esda qolarli va kuchli nom tanlash.

Batafsil

Logotip dizayni

Biznesingiz mohiyatini aks ettiruvchi unikal belgi.

Batafsil

Firma uslubi

Brendni tanitadigan vizual tizim — ranglar va shriftlar.

Batafsil

Brendbuk

Brend aydentikasi qoidalarini tavsiflovchi hujjat.

Batafsil

Qadoq dizayni

Mahsulotni javonda ajratib turadigan jozibali dizayn.

Batafsil